14:13 / 03.04.2018
34779

Hikmatulla qoriga nisbatan sud qarorlari bekor qilindi

Illyustrativ foto/uraldaily.ru

Xorazm viloyat ma'muriy sudining kassatsiya instansiyasi Hikmatulla qori Yusupovni ma'muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida Urganch tuman sudining qarorini bekor qildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar beradi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu ma'muriy ish bo‘yicha huquqbuzar, deb e'tirof qilingan H.Yusupovga nisbatan chiqarilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudining sudyasi B.Hayitboyevning 2015 yil 6 maydagi qarori bekor qilinib, Xorazm viloyat ma'muriy sudining kassatsiya instansiyasi tomonidan ma'muriy ishni qo‘shimcha tergovga qadar tekshirish o‘tkazish uchun Urganch tuman IIBga yuborish lozim, deb topildi.

Shuningdek, Urganch tumani IIB HOOG MTP proflaktika inspektori, leytenant A.X.Matchanovning fuqaro Hikmatulla Yusupovga nisbatan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi tuzilgan ma'muriy bayonnomasi ham bekor qilindi.

Bundan tashqari, 2015 yil 21 aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudining Hikmatulla qorini MJtK 183-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori ham bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, imomning rafiqasi Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashganida Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudining mazkur ikki qarori noxolislik bilan qabul qilingani, Hikmatulla qori 1 oy davomida qiynoqlarga solingach, qilmagan ishlariga majburan iqror bo‘lgani haqida so‘zlab bergandi.

Mavzuga oid: Imomning rafiqasi: «Erim MXX xodimiga tanbeh bergani uchun 13 yilga qamaldi»

Kun.uz voqealar rivojini kuzatadi.

Mavzuga oid
Top