23:10 / 04.04.2018
25888

Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosarlari o‘zgardi 

3 aprel kuni Jizzax viloyat hokimligining katta majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda hokim o‘rinbosarlari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21 va 25-moddalariga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan viloyat hokimining yangi o‘rinbosarlari tayinlangan.

Xususan:

  • viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Alisher Tursunpo‘latovich Xudayberdiyev o‘rniga G‘anisher Abdukarimovich Mamatqulov;
  • viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Gulnora Mamadaliyevna To‘rayeva o‘rniga Nazira Abdusattorovna Muxtorova;
  • viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Xo‘jamberdiyevich Jo‘rayev o‘rniga Akrom Bahritdinovich Rahmonqulov tayinlangan.
Top