23:07 / 06.04.2018
24946

Yevropaning eng boy odami o‘zgardi 

EPA/MARTIN BUREAU/AFP POOL

Louis Vuitton Moet Hennessy (LVMH) kompaniyalari guruhi prezidenti Bernar Arno 70,7 mlrd dollarlik davlat bilan Zara va Massimo Dutti brendlarini o‘z ichiga olgan Inditex guruhi asoschisi, ispaniyalik Amansio Ortegani ortda qoldirib, Yevropaning eng boy odamiga aylandi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. 

Shu bilan birga Arno dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatining 4-pog‘onasiga ko‘tarib oldi. Reytingning yetakchi uchtaligini Amazon rahbari Jyeff Bezos (121 mlrd dollar), Microsoft asoschisi Bill Geyts (91,3 mlrd dollar) va Berkshire Hathaway investitsion jamg‘armasi rahbari Uorren Baffet (86,3 mlrd dollar)  egallamoqda. Arnodan keyingi 5-o‘rinni 70,2 mlrd dollar bilan Ortega egallamoqda.

Mavzuga oid
Top