20:32 / 11.04.2018
22647

O‘zbekiston shaharlarida tezlik 60 kilometr soatgacha tushirilishi mumkin 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston shaharlari va aholi punktlarida transport harakatining maksimal ruxsat etilgan tezligi yil oxirigacha 70-60 km/soatgacha tushirilishi mumkin. Bu O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylashtirilgan Yo‘l harakati xavfsizligi konsepsiyasi loyihasi bilan nazarda tutilgan.

Yo‘l-patrul xizmati inspektorlarini joriy yildan boshlab ma’muriy qoidabuzarliklarni, jumladan piyodalar tomonidan sodir etilganlarni markazlashtirilgan elektron tizimda qayd etish uchun bodikameralar va elektron planshetlar bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, loyiha bilan tartibga solinmagan piyoda yo‘laklarini modernizatsiya qilish taklif etilmoqda. Bunda maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga yaqin bo‘lgan yo‘laklarga yoritish vositalari va sun’iy yo‘l notekislari o‘rnatiladi.

Yo‘l harakati qoidalarida qonunchilik bilan avtotransport vositalarida bolalarni ushlab turuvchi qurilmalardan foydalanish talabi mustahkamlab qo‘yilishi mumkin. Hozirda bunday talab yo‘q.

Umumiy foydalanishdagi obektlarga yaqin bo‘lgan joylardagi avtomobil yo‘llari va shahar yo‘l-transport tarmog‘i uchastkalarida vaqtinchalik hamda uzoq muddat turargohlar tashkil etilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda juma «Mashinasiz kun» deb e’lon qilinishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Top