22:00 / 15.04.2018
6720

«MYu» yutqazdi va «Manchester Siti»ni chempionga aylantirdi

Foto: Premer liga

Angliya chempionatining 34-turida «Manchester Yunayted» «Vest Bromvich Albion»ga yutqazdi. «Old Trafford» stadionida kechgan uchrashuv 1:0 hisobida mehmonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol 73-daqiqada Jyey Rodriges tomonidan urildi. «MYu» APLda 5 uchrashuv davom etgan g‘alabali seriyasini yakunladi, «Vest Bromvich» 10 uchrashuv davom etgan g‘alabasiz seriyasiga yakun yasadi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilish uchun nazariy jihatdan ham imkoniyatini yo‘qotdi va «Manchester Siti» mavsum yakuniga 5 tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi.

Angliya chempionati
34-tur

Manchester Yunayted – Vest Bromvich 0:1
(0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 73 Rodriges.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Valensiya, Yang (Reshford, 75), Pogba (Marsyal, 58), Matich, Mata, Errera (Lingard, 46), Sanches, Lukaku.
Vest Bromvich –    Foster, Douson, Gibbs, Nom, Xegazi, Fillips (Kryxovyak, 77), Livermor, Brant (Yakob, 90), Makkleyn, Rondon (Starridj, 85), Rodriges.
Ogohlantirishlar: Pogba (29), Nom (77).

Top