08:25 / 18.04.2018
17965

AQShning sobiq birinchi xonimi Barbara Bush hayotdan ko‘z yumdi

Foto: AP Photo/Mark Duncan

AQShning 41-prezidenti Katta Jorj Bushning rafiqasi, 43-prezident Kichik Jorj Bushning onasi Barbara Bush 92 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

“AQShning sobiq birinchi xonimi Barbara Pirs Bush 17 aprelda 92 yoshida vafot etdi”, deyilgan Bushlar ofisi bayonotida.  

Barbara Bush Nyu-Yorkda 1925 yil 8 iyunda tavallud topgan. U otasi tomonidan AQShning 14-prezidenti Franklin Pirsning uzoq qarindoshi hisoblanadi. Marhuma turmush o‘rtog‘i bilan 16 yoshida Rojdestvo balida tanishgan. Ularning nikoh to‘yi 1945 yilda bo‘lib o‘tgan. Barbara Bush birinchi xonim sifatida umumiy savodxonlikni ilgari surish bilan shug‘ullangan va Barbara Bush Foundation for Family Literacy xayriya jamg‘armasiga asos solgan.

Barbara Bushning ortidan turmush o‘rtog‘i, 5 farzandi, 17 nabirasi va 7 evarasi qoldi.

Top