12:50 / 19.04.2018
14818

YeI Suriya muxolifatini ko‘ndirdi

Foto: Muhammad Hamed/Reuters

Yevroittifoq Suriya muxolifatini Jyenevadagi muzokaralarda dastlabki shartlarsiz ishtirok etishga ko‘ndirdi. Bu haqda RIA «Novosti» Belgiya TIV rahbari Dide Reyndersga asosan xabar bermoqda.

«Muxolifat Jyenevaga kelishga tayyor. Yevropa ittifoqi muxolifatni dastlabki shartlarsiz kelishga, muzokaralarga rozi bo‘lishga ko‘ndirib, o‘z ishini bajardi. Suriya rejimi hokimiyatni bo‘lishishga rozi bo‘lishi kerak, bunda barcha manfaatdor tomonlar hokimiyatda o‘z vakiliga ega bo‘lishi lozim», - deya ma'lum qildi Reynders.

Uning qo‘shimcha qilishicha, buning uchun rejim ittifoqchilari bo‘lgan Eron va Rossiyaga bosim o‘tkazish shart.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Suriyada Rossiya qo‘shinlari bilan yuz bergan «qattiq to‘qnashuv» haqida aytgandi. 

Top