01:56 / 20.04.2018
34825

Feldsher o‘zidan 5 yosh katta ayolning nomusiga tegmoqchi bo‘ldi – IIV

Foto: KUN.UZ

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 13 aprel kuni soat 22.00larda, D.Ranov ko‘chasida yashovchi, 1-sonli Sil kasalliklari dispanseri feldsheri, 1992 y.t. Q.X. mast holda o‘zidan, besh yosh katta bo‘lgan tanishi, (ismi o‘zgartirilgan) B.I.ni uyida uni zo‘rlab nomusiga tegmoqchi bo‘lgan. 

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida 24 yoshli qizni zo‘rlab, nomusiga tekkan shaxs ushlangandi.

14 aprelda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanida tanishini zo‘rlab, nomusiga tegmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Mavzuga oid
Top