23:31 / 20.04.2018
16235

Moskvaga ketgan Boburjon sog‘ayib O‘zbekistonga qaytdi

Foto: KUN.UZ

Shu yilning 27 yanvarida tug‘ma yurak porogidan aziyat chekayotgan norasida hamyurtimiz Boburjon Qo‘ldoshaliyevning Rossiyada jarrohlik amaliyoti o‘tkazishi uchun saytimizda xayriya aksiyasi tashkil etilgan edi.

Qisqa fursatda kerakli mablag‘ yig‘ilib, 2018 yil 2 mart kuni Boburjon ota-onasi bilan Samarqanddan Moskvaga ketgani haqida xabar berilgandi.

Bizga ma'lum qilishlaricha, Boburjon jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, tug‘ma yurak nuqsonidan qutulib, 2 aprel kuni vataniga qaytgan. Ayni vaqtda u sog‘-salomat.

Foto: kun.uz
Foto: kun.uz
Foto: kun.uz

Boburjonning ota-onasi KUN.UZ saytiga murojaat qilib, sayt misolida xayriya aksiyasida ma'nan va moddiy yordam qo‘lini cho‘zgan barcha yurtdoshlariga chuqur minnatdorchiligini izhor qilishdi.

Yaratgandan so‘raydiganimiz shuki, Boburjon ham solih farzandlardan bo‘lib voyaga yetsin, elu-yurtiga sadoqat bilan xizmat qiladigan komil insonlardan bo‘lsin!

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top