00:02 / 21.04.2018
4263

Olimlar sayyoramiz ortidan kuzatuvchi global tizimni yaratishmoqchi

Global kuzatuv tizimini yaratish va ma'lumotlarni HD formatda uzatish loyihasiga dunyodagi eng yirik sarmoyachilardan biri, dunyodagi 2-raqamli eng badavlat odam milliarder Bill Geyts kirdi. Tadbirkor videokuzatuv tarmog‘i EarthNow’ni yaratishga 300 mln dollar ajratishi mumkin. Loyihada jismoniy shaxs sifatida ishtirok etayotgan Geytsdan tashqari, unga SoftBank va Airbus kompaniyasining investitsion bo‘limi sarmoya kiritgan.  

EarthNow asoschisi Rassel Xanniganning ta'kidlashicha, loyihadan maqsad real vaqtda sayyoramizdagi iqlim va ob-havo haqidagi sifatli ma'lumotlarni taqdim qilishdan iborat bo‘ladi. Ma'lumotlarni uzatish uchun 500 ta sun'iy yo‘ldoshdan iborat tarmoq qo‘llanadi. 

Tizimga oddiy odamlar ham ulana olishadi: kompaniya kichik miqdordagi haq uchun sun'iy yo‘ldoshdan foydalanish vaqtini sotadi. Sun'iy yo‘ldosh esa real vaqt rejimida sayyoramizning tanlangan hududida yuz berayotgan hodisalarni translyatsiya qila oladi. 

Top