00:01 / 22.04.2018
4272

Bundesliga. «Borussiya» «Bayyer»ni tor-mor etib, uchinchi o‘ringa ko‘tarildi

Foto: Twitter/@RNBVB

Germaniya chempionatining 31-turida Dortmundning «Borussiya» klubi o‘z maydonida «Bayyer»ni qabul qildi.

O‘yin mezbonlarning ustunligi ostida o‘tib, yirik hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi. Marko Roys bellashuvda dubl sohibi bo‘ldi.

Bu natijadan so‘ng, «Borussiya» D 54 ochko bilan uchinchi o‘ringa chiqib oldi. «Bayyer» 51 ochko bilan to‘rtinchi o‘ringa tushdi.

Bundesliga, 31-tur 
Borussiya D – Bayyer - 4:0 
21 aprel, «Signal Iduna Park» 
Gollar: 1:0 – 13 Sancho, 2:0 – 55 Roys, 3:0 – 63 Filipp, 4:0 – 79 Roys. 
Borussiya D – Byurki, Toprak, Akanji, Pishchek, Papastatopulos, Pulishich (Daud, 72), Vaygl, Filipp (Tolyan, 81), Gettse, Roys (Serxio Gomes, 86), Sancho.
Bayyer – O‘zjon, Ta (Yedvay, 42), Xenrixs, Retsos, Kor, Bender, Beyli (Xavertts, 46), Arangis, Brandt, Folland, Alario (Belarabi, 69).

Top