10:00 / 23.04.2018
49904

Foto: Toshkent Turkmaniston prezidenti tashrifi arafasida

Bugun, 23 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan yurtimizga kelmoqda. 

Ayni vaqtda poytaxtdagi ta'lim muassasalaridan minglab o‘quvchilar va talabalar ko‘chalarda yuqori martabali mehmonni kutib olish uchun chiqishgan. Shu munosabat bilan shahardagi ayrim maktablar, kollejlar va oliy ta'lim muassasalarida darslar bekor qilingan.

Oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralarda ko‘p qirrali O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash masalalari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. 

Tashrif dasturida davlat rahbarlarining Toshkent shahridagi Ashxobod bog‘ining ochilish marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Ushbu maskan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarining yorqin ramzlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Shuningdek, chegaradosh Xorazm viloyatiga tashrif ham rejalashtirilgan. 

Top