11:40 / 23.04.2018
69289

Tursinxon Xudoyberganovga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

Foto: Wikipedia

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini ham bajaradi.

Vazirlik vakilining «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, Xudoyberganovga vazirlik vazifasi yuklatilgan, ya'ni, u davlat maslahatchisi lavozimini tark etmagan holda, vaqtincha vazir vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.

Shuningdek, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. U biroz avvalroq lavozimdan olingan polkovnik Komiljon Aripov o‘rnini egalladi.

Tursinxon Xudoyberganov 2010-2016 yillarda ham aynan shu lavozimda ishlagan, 2017 yilning yanvarida prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi. O‘shanda uning o‘rniga Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgandi. 2018 yilning fevralida Rustam Jo‘rayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Top