09:08 / 24.04.2018
5486

Pekinda ShHT TIV rahbarlari kengashi majlisi boshlandi

Xitoy poytaxti Pekinda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShXT) kiruvchi davlatlar TIV rahbarlari majlisi ochildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Asosiy vazifaga ShHTni rivojlantirish, shuningdek eng muhim mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashish aylanadi. Bu ShHTga a'zo bo‘lgan barcha mamlakatlar uchun manfaatli», - deya ma'lum qilgan Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I kirish nutqida.

Ertalab XXR rahbari Si Tszinpin yig‘ilishga kelgan barcha delegatsiyalar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Avvalroq, 2018 yilning 23-25 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurishi xabar qilingandi.

 

Top