13:07 / 11.05.2018
191505

Botir Parpiyev ishdan olindi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev ishdan olindi. Bu haqda KUN.UZ axborot manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, B.Parpiyev boshqa ishga o‘tkazilgan. Ma'lum qilinishicha, endilikda u Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlaydi. 

Ma'lumot uchun: Botir Parpiyev 1946 yilda Andijon viloyatida, militsiya general-mayori Rahmat Parpiyevning oilasida tug‘ilgan. 1992-1996 yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘i, 1996-1998 yillarda O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, 1998-2002 – O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2002 yilning iyun oyidan dekabr oyigacha – O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002-2004 – O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan, 2003 yilda bojxona xizmati general-leytenanti unvonini olgan. 2004 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan. 

Shu bilan birga, Davlat soliq qo‘mitasiga kim yangi rais etib tayinlanishi hozircha noma'lum bo‘lib turibdi. 

Top