02:40 / 14.05.2018
30696

«Barselona» 5ta gol o‘tkazib, joriy mavsumda ilk bor mag‘lub bo‘ldi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionati 37-turining so‘nggi uchrashuvi o‘tkazildi. 

"Levante" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilib, 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. 

Mezbonlar safida Boateng hettrik qayd etgan bo‘lsa, Bardi dublga erishdi. 

Mehmonlar tarkibida Koutino hettrik qayd etdi, yana bir golni Suares penaltini aniq amalga oshirib kiritdi. 

Shu tariqa, "Barselona" joriy mavsum La-Ligadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. 

Levante – Barselona 5:4

Gollar: 1:0 – 9 Boateng, 2:0 – 30 Boateng, 2:1 – 38 Koutino, 3:1 – 46 Bardi, 4:1 – 49 Boateng, 5:1 – 56 Bardi, 5:2 – 59 Koutino, 5:3 – 64 Koutino, 5:4 – 71, penalti Suares.
Levante – Olasabal, Rober, Luna, Koke, Postigo, Morales (Rochina, 85), Lukich, Kampanya, Bardi, Marti (Lerma, 69), Boateng (Patstsini, 77).
Barselona – ter Stegen, Mina, Alba, Nelson Semedu, Vermalen (Pike, 31), Buskets, Rakitich, Inesta (Denis Suares, 60), Koutino, Dembele (Pako Alkaser, 60), Suares.
Ogohlantirishlar: Vermalen (20), Bardi (22), Boateng (37), Koke (62), Buskets (65), Kampanya (70), Suares (88), Lerma (88), Denis Suares (89), Patstsini (90), Pike (90), Mina (90).

Top