16:12 / 14.05.2018
6844

Pensioner Everestni zabt etgan oyog‘i yo‘q birinchi alpinistga aylandi

Foto: AFP / Prakash Mathema

Har ikki oyog‘idan ayrilgan xitoylik 70 yoshli alpinist Sya Boyuy Nepal tomonidan dunyodagi eng baland tog‘ – Everest cho‘qqisiga chiqqan, oyoqlari amputatsiya qilingan birinchi odamga aylandi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi Nepalning Madaniyat, turizm va fuqaro aviatsiyasi vazirligiga asoslanib xabar bermoqda.

«Har ikki oyog‘i amputatsiya qilingan xitoylik alpinist bugun mahalliy vaqt bilan soat 0:40da cho‘qqiga ko‘tarildi. U cho‘qqiga janubiy tomondan chiqqan ikkita oyog‘i ham amputatsiya qilingan birinchi odamga aylandi», - deya xabar berishgan agentlikka bazaviy lagerdan.

Hozirgi vaqtga qadar Everestni zabt etgan har ikki oyog‘i ham amputatsiya qilingan yagona inson yangi zelandiyalik Mark Inglis edi. Biroq, u cho‘qqiga Tibet tomonidan ko‘tarilgan. U buni 2006 yilda amalga oshirgan.

Xitoylik alpinist mamlakat oliy sudi har ikki oyog‘i yoki qo‘li amputatsiya qilingan, shuningdek, ko‘zi zaif insonlarga 6,5 ming metrdan baland bo‘lgan istalgan toqqa chiqishga ruxsat bergach, Nepal rasmiylaridan ekspeditsiyaga ruxsatnoma oldi, deb yozadi agentlik. 

Sya Boyuyning jurnalistlarga aytishicha, bu dunyodagi eng baland cho‘qqini zabt etish bo‘yicha beshinchi urinishidir.

Top