Navoiy shahri markazida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i hududida “Harbiy vatanparvarlik bog‘i” ochildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Markaziy harbiy okrug hamda Navoiy viloyati hokimligi bilan hamkorlikda bunyod etilgan mazkur bog‘ maydoni 3360,0 kv.m ni tashkil etadi.
“Harbiy vatanparvarlik bog‘i”da tank, piyodalar va desantchilar jangovar mashinalari, zirhli transportyorlar, turli kalibrli artilleriya qurollari o‘rin olgan.
“Sharq qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlariga 65 mln so‘m mablag‘ sarflangan.