22:42 / 16.05.2018
6560

Hududlarda “Umid nihollari-2018” g‘oliblari taqdirlanmoqda 

Hududlarda “Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining final bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.   

Joriy yilning 14-20 may kunlari hududlarda “Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining final bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbirlari “Yoshlik va sport bayrami” sifatida yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. 

Tadbirlar davomida sportning 21 turi bo‘yicha viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 10 444 nafar sportchi diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi Matbuot xizmati

Musobaqalarning hududiy final bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi-o‘quvchilar esa 1-, 2- va 3-darajali diplom, medal va kubok bilan,  sovrindor tuman (shahar) jamoasi esa oliy sovrin “Prezident sovg‘asi” “Damas” rusumli avtomashinasi bilan taqdirlanadi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi Matbuot xizmati

“Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining taqdirlash marosimlarida davlat va jamoat arboblari, taniqli sportchilari, madaniyat va san'at vakillari ishtirok etmoqda.

El sevgan san'atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida konsert dasturlari, turli badiiy chiqishlari namoyish etilib, o‘quvchilar uchun tom ma'noda “Yoshlik va sport bayrami”ga aylanmoqda. Mazkur tadbirlarda jami 63 ming nafardan ortiq maktab o‘quvchisi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Top