18:33 / 18.05.2018
13459

40 mln so‘mlik “Picea pungens” navli archa o‘g‘rilari ushlandi – IIV

Toshkent viloyatining Qibray tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2018 yil 3 aprel kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi D.A. tuman IIBga murojaat qilib, shu yil 29 martga o‘tar kechasi noma'lum shaxs fermer xo‘jaligiga devor oshish yo‘li bilan kirib, umumiy qiymati 39 mln 900 ming so‘mlik 19 dona “Pikka pungens” navli archalarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qibray tumanida yashovchilar J.N., M.Z. va M.S.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.

Top