17:26 / 28.05.2018
28428

Tashqi ishlar vazirligida muhim lavozim tayinlovlari ro‘y berdi

2018 yilning 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hay'atiga vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Dilshod Axatov tanishtirildi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.

D.Axatov bunga qadar TIVning Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, Germaniya Federativ Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchi lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, TIV Konsullik huquqiy departamenti boshlig‘i etib tayinlangan Ulfat Qodirov ham tanishtirildi. U ilgari Turkiya Respublikasida favqulodda va muxtor elchi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston TIVda yangi lavozim tayinlovi ro‘y bergandi.

Top