18:50 / 29.05.2018
271335

Shavkat Mirziyoyev Botir Parpiyev nega ishdan olinganini aytdi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

«Eksportni qilmagan odam ertaga biz bilan ishlay olmaydi. Bu o‘sha rahbar hozirgi sharoitga munosib emasligidan dalolat beradi. 1 dollar eksport qilmagan rahbar boshi bilan javob beradi. Ob-havo sharoiti og‘ir bo‘lishini ham yil boshida aytib, tegishli topshiriqlar berganmiz. Import qanday davom etayotgan bo‘lsa, shunday davom etmoqda. Prokuratura menga hech kimni javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif bergani yo‘q. Yana bir muhim masala - mahalliy byudjyetga tushum hajmi. Davlat soliq qo‘mitasi rahbarini (Botir Parpiyev - tah.) almashtirganim bejiz emas, sababi bizda soliq tizimi yo‘q. Hali ish ko‘p. 

Soliqda ham ko‘p o‘yinlar bo‘lgani, rahbariyati qanday ishlar bilan shug‘ullanganidan hayron qoldim. Hali uni ham xalqimizga yetkazamiz. Ana shularni hisobga olib, endi tegishli mas'ul xodimlar har kuni eksport-importdan tashqari, tushum bilan ikki soatdan shug‘ullanmasa, tushumda tartib bo‘lmaydi. Soliqchining saviyasi yo‘q, desak bu ham adolatdan bo‘ladi. Shuning uchun bugun topshiriq berdim, tegishli qaror tayyorlanadi, hammasini noldan boshlash kerak - soliq tizimidagi Akademiyani ham, boshqasini ham. Quyi pog‘onadagi soliqchilar nima qilish kerak, qanday ishlash kerakligini bilmaydi. 70 foizi korrupsiya bilan bog‘liq, mana shuni hamma bilishi kerak», - deya aytib o‘tdi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Botir Parpiyevga aloqador shaxslar ishdan olinayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top