10:22 / 01.06.2018
15298

«Real»ga italiyalik mutaxassis bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

Foto: KUN.UZ

Madridning «Real» klubi «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini jamoa ustozligiga nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Ispaniyaning Sport nashri ma'lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres «Tottenhem Hotspur» ustozi Maurisio Pochettino bilan bir qarorga kela olmasa, italiyalik mutaxassisga yuzlanadi.

Madrid klubi kecha jamoadan ketishi haqida ma'lum qilgan Zayniddin Zidanning o‘rniga yangi bosh murabbiy izlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nadal Zidanga minnatdorlik bildirgandi.

Top