Yamaykalik mashhur atlet Useyn Bolt Norvegiyaning «Stryomsgodset» klubi tarkibida debyut o‘yinini o‘tkazdi.
31 yoshli sobiq sprinter Norvegiya o‘smirlar terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsining 71-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va darvoza tomon bitta zarba yo‘lladi. O‘yin «Stryomsgodset»ning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Avvalroq, Bolt Dortmundning «Borussiya» va Janubiy Afrikaning «Mamelodi Sandaunz» klublarida mashg‘ulot o‘tkazib, professional futbolchilik faoliyatini boshlash niyati borligini aytgan edi.