15:05 / 07.06.2018
19633

Yanvar-aprel oylarida Qozog‘istondan O‘zbekistonga qancha pul jo‘natilgani ma'lum

Foto: Kapital.kz

2018 yil yanvar-aprel oylarida Qozog‘istondan O‘zbekistonga 19,5 milliard tenge (464,5 milliard so‘m yoki 58,6 million dollar) jo‘natildi. Bu haqda Ranking.kz tahlil portali xabar bermoqda.

2017 yilning shu davriga nisbatan o‘sish 39,9 foizni tashkil etdi - 5,6 milliard tenge (133,4 milliard so‘m yoki 16,8 million dollar).

O‘zbekistonning umumiy hajmdagi ulushi 11,9%dan 12,3%gacha oshdi.

Qozog‘istondan pullarning eng katta qismi Rossiyaga yuborilgan - 69,6 milliard tenge (1 trillion so‘mdan ortiq yoki 200 million dollardan ortiq).

Mavzuga oid
Top