20:16 / 07.06.2018
22025

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari diqqatiga!

«O‘ztransgaz» AJ o‘zining va tarkibiy bo‘limlarining bank hisob-raqamlariga milliy va xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eng yaxshi takliflar tanlovini e'lon qiladi.

Quyidagi talablarga javob beradigan tijorat banklari tanlovda ishtirok etishi mumkin:

1) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega bo‘lish;

2) kamida 5 yil davomida bank faoliyati bilan shug‘ullanish;

3) O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida filiallarga ega bo‘lish.

«O‘ztransgaz» AJ tanlovida qatnashish uchun quyidagilar taqdim qilinishi shart:

– xizmatlar narxi ko‘rsatilgan tijorat taklifi;

– yuqoridagi talablarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (litsenziya, sertifikatlar, ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi va b.);

– bank hisobi shartnomasining proformasi.

Dastlabki shartlar Texnik topshiriqda ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Hujjatlar pochta orqali yuborilishi yoki «O‘ztransgaz» AJ devonxonasiga tushuntirish xati bilan birga 2018 yil 15 iyun kunigacha topshirilishi lozim.

Manzil: 100031, Toshkent sh. Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 31a.

Texnik topshiriq nusxalari va boshqa zarur ma'lumotlarni olish uchun aloqa raqami:

G‘aznachilik va moliya bo‘limi: Latipov Xayrulla, tel.: 239-43-63  

Auditorlik tashkilotlari diqqatiga!

«O‘ztransgaz» AJ o‘zi va tarkibiy bo‘limlari faoliyati bo‘yicha 2017 yil uchun xalqaro standartlarga mos tarzda tashqi auditni o‘tkazishga tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda quyidagi talblarga javob beradigan auditorlik tashkilotlari ishtirok etadi:

– kamida 10 yildan buyon auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan;

– Milliy sertifikatlashtirish tizimiga mos ravishda, reyting ko‘rsatkichlarining birinchi o‘ntaligiga kirgan (UZ1.A+ dan past bo‘lmagan, UZ1.M.B.);

–  har qanday xo‘jalik sub'yektlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish litsenziyasiga ega bo‘lgan;

– Yirik o‘zbek va xalqaro kompaniyalariga (ayniqsa, neft va gaz sohasidagi) moliyaviy hisobning xalqaro standartlariga mos ravishda xizmat ko‘rsatish (audit, MSFO bo‘yicha hisobot transformatsiyasi) tajribasiga (kamida 5 yil) ega bo‘lgan;

– MSFO va MSA sohasida zarur buxgalterlik (audit) malakasiga ega, shuningdek audit va unga xos bo‘lgan maslahat xizmatlari bilan shug‘ullanadigan, bundan tashqari, xalqaro tan olingan sertifikatlarga (ASSA, DipIFR, CIPA) va kamida 5 yillik mehnat stajiga ega xodimlar shtati mavjud bo‘lgan;

– obro‘li xalqaro audit tashkilotlari bilan hamkorlik tizimiga qabul qilingan;

– Ustav kapitalidagi aksiyalar paketi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda tashqi audit o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan.

– korxonalardan salbiy baho olmagan;

– qonun tomonidan belgilangan muddatda ishlarni bajarmasligi va tekshiruv natijalari bo‘yicha davlat nazorat idoralari oldida javobgarlikni zimmasiga oladigan.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar «O‘ztransgaz» AJga auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi, tashkilot haqida ma'lumotlar, eng yirik mijozlar ro‘yxati va auditorlik faoliyati tajribasini tasdiqlovchi hujjatlar, malaka sertifikatlari va boshqa xalqaro sertifikatlarning nusxalari, sug‘urta polisi nusxasi va boshqa qo‘shimcha ma'lumotlarni taqdim qilishi lozim.

2017 yil uchun mo‘ljallangan tashqi auditning o‘tkazish muddati – 2018 yil 15 iyun.

Hujjatlar pochta orqali yuborilishi yoki «O‘ztransgaz» AJ devonxonasiga tushuntirish xati bilan birga, yopiq holatda 2018 yil 10 iyun kunigacha topshirilishi lozim.

Manzil: 100031, Toshkent sh. Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 31a.

Zarur ma'lumotlarni olish uchun aloqa raqami: – qimmatli qog‘ozlar iqtisodiy tahlil boshqarmasi: tel. 239-89-59, 239-12-10, el.pochta: cb@uztransgaz.uz

Reklama huquqi asosida

Top