12:57 / 08.06.2018
21709

Ukraina Rossiya kemasi harbiy-transport samolyoti bilan tutib olinganini ma'lum qildi

Foto: unian

Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining An-26 harbiy-transport samolyoti Qora dengizda Rossiya kemasini «tutib oldi». Bu haqda RIA «Novosti» Ukraina OAVga asosan xabar bermoqda.

«Dumskaya» nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining raketa kemasi Odessa oblasti tarkibiga kiruvchi Zmeiniy oroli yaqinida 2 iyun kuni payqalgan. Uni tutib olish uchun An-26 harbiy-transport samolyoti parvoz qilgan.

Ta'kidlanishicha, Rossiya kemasi o‘zini payqab qolishganini tushunib, ochiq dengizga darhol chiqib ketib qolgan.

Rossiya qurolli kuchlari bu ma'lumotga hozircha hech qanday izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov Donbass qanday qilib Ukrainaga qaytarilishini aytgandi.

Mavzuga oid
Top