00:24 / 11.06.2018
22199

“Samsung-Nukus” korxonasida bir kunda 400 televizor va 1000 changyutgich ishlab chiqarilmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida "Nukus-Remmash" MChJga qarashli bino va obektlarni rekonstruksiyalash va qo‘shimcha binolarni qurish hisobidan maishiy texnika qurollarini ishlab chiqarish korxonasini qurish bo‘yicha bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar bergan edi.

Kruz.uz’ning ma'lum qilishicha, natijada "Samsung-Nukus" korxonasida 2017 yilning aprel-oktabr oylarida qayta qurilish va ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Buning uchun 14 mlrd so‘m, uskunalar uchun 19 mlrd so‘m sarflandi. Jami kiritilgan investitsiya 33 mlrd so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan yilning 14 oktabr sanasida korxona dastlabki mahsulotlarini ishlab chiqara boshladi. 15-16 dekabr kunlari esa Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi vaqtida korxona faoliyati bilan tanishgan edi.

Bugungi kunda korxonada bir kunda 4 turdagi 400 televizor va 13 turdagi 900-1000 dan ortiq changyutgich ishlab chiqarilmoqda.

Top