21:55 / 12.06.2018
5477

BMT plastik chiqindilarga doir birinchi hisoboti bilan bo‘lishdi

Foto: facepla

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunida plastmassalar haqidagi birinchi ma'ruzasini taqdim etdi. Unda 60 dan ortiq mamlakatning plastik chiqindilarga qarshi kurashga doir sa'y-harakatlari qayd etilgan, shuningdek bir martalik plastik buyumlarga taqiq yoki soliqlarning qo‘llanishi plastikdan foydalanishni qisqartirishning eng samarali vositasi ekani ta'kidlanadi. 

"Bizning hisobotimiz bu boradagi sa'y-harakatlar odamlar va butun sayyora uchun bezarar va daromadli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi, - deb yozadi hisobotda BMTning atrof-muhit masalalari bo‘yicha rahbari Erik Solxaym. - Plastik - muammo emas. Unga bo‘lgan munosabat muammo keltirib chiqaradi".

Siyosiy yechimlar baholangan hisobotda shuningdek plastikni qayta ishlash va utilizatsiya qilishning amaldagi holatiga ham to‘xtalib o‘tilgan. Unga ko‘ra, dunyoda plastikning bor-yo‘g‘i 9 foizi qayta ishlanadi, 79 foizi esa - poligonlar, axlatxonalar yoki atrof-muhitda. 12 foizi yoqib yuboriladi, buning natijasida ifloslantiruvchi moddalar atmosferaga chiqadi va atrofdagilar sog‘lig‘iga ta'sir qiladi. 

Hisobotda ko‘pincha suv yo‘llarini to‘suvchi plastik paketlar xavotir uyg‘otayotgani qayd etilgan, ular kasallik tarqatuvchi hasharotlarga ko‘payish va tabiatga zarar yetkazish imkonini yaratadi. 

Polietilen paketlarga taqiq va soliqlar kiritilgan mamlakatlarning 50 foizi bunday sa'y-harakatlarning ta'sirini samarali baholash uchun zarur ma'lumotlarni taqdim eta olmadi. Ularning 30 foizi cheklovlar birinchi yilda plastik paketlardan foydalanishni kamaytirganini qayd etgan bo‘lsa, 20 foizi yangi cheklovlar samarasi kutilganidek natija bermayotganini ta'kidlagan.

Ta'sirning sezilmasligi yangi qoidalarga yaxshi amal qilmaganlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi ta'kidlangan. Hisobotda Marokashning bu boradagi muvaffaqiyati alohida e'tirof etilgan - taqiqlar 421 tonna plastik paketning ortga qaytarilishiga va bunday paketlarning to‘liq xalta-paketlarga almashtirilishiga olib kelgan.

Top