10:14 / 12.06.2018
62336

Prezident Farg‘onaga keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlarning joylardagi ijrosi, bunyodkorlik ishlari, ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishish maqsadida 12 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari Farg‘ona viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishadi, xalq bilan muloqot qiladi. Prezident viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalarni belgilab beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga jo‘nab ketgani xabar berilgandi.

Top