00:05 / 14.06.2018
49472

Prezident So‘x tumani haqida iliq fikr bildirdi

Foto: O‘zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Oltiariq tumanida Farg‘ona viloyati faollari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari viloyatdagi olis tog‘li chegara hudud - So‘x tumani aholisi haqida alohida mamnuniyat va ehtirom bilan fikr bildirdi, deya xabar beradi yig‘ilishda ishtirok etgan KUN.UZ mobil muxbiri.  

“O‘zbekistonning xushmanzara, bahavo, tog‘ yon bag‘rida joylashgan tumanning odamlari saxovatpesha, mehnatkash va bag‘ri keng”, deya ta'kidladi prezident.

Videoselektorda So‘x ahli nomidan “G‘aznov” mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Xursanoy Qosimova va Hayitxon Munavvarjonovalar so‘zga chiqib, tuman aholisi hayotidagi yangilanish va ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirishdi. Ular tomonidan So‘xda yangi ish o‘rinlar yaratish, yoshlarni mazmunli dam olishlari uchun tumanda istirohat bog‘i tashkil etish masalasi ko‘tarildi.

Shavkat Mirziyoyev qo‘yilgan masalani tez kunlarda ijobiy hal etilishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz: Davlat rahbari Farg‘ona viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish va viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalarni belgilab berish maqsadida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgan edi. .

Top