21:19 / 19.06.2018
21494

Neymarda muammo tug‘ildi

Braziliya terma jamoasi a'zosi Neymar jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan o‘ng oyog‘ida og‘riq sezmoqda. 

Sport-Ekspress xabariga ko‘ra, u bugungi mashg‘ulot boshlanganidan 5 daqiqa o‘tib fizioterapevt hamrohligida maydondan chiqib ketgan.

U Shveytsariyaga qarshi o‘yindan keyingi ilk mashg‘ulotda ham ishtirok etmagandi.

Xabar qilinishicha, u ertaga mashg‘ulotni davom ettiradi.

Braziliya E guruhida ishtirok etmoqda. Birinchi turda shveysarlarni mag‘lub eta olmagan «pentakampeonlar» 22 iyun kuni Sankt-Peterburgda Kosta-Rikaga qarshi o‘ynaydi, guruh bosqichining uchinchi uchrashuvi 27 iyun kuni Moskvada «Spartak» o‘yingohida Serbiyaga qarshi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar fevral oyi oxirida Fransiya chempionatida «Marsel»ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat olgan, 3 mart kuni tizzasidan operatsiya qilingan va mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborgandi.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top