11:30 / 19.06.2018
12591

Tramp faoliyatini ma'qullash reytingi rekord darajaga yetdi

Foto: Reuters

AQSh aholisi mamlakat prezidenti Donald Tramp tomonidan olib borilayotgan siyosatga yaxshiroq munosabatda bo‘la boshladi. Bundan Gallup poll found agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari darak beryapti.

Olingan natijalarga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etganlarning 45 foizi davlat rahbari harakatlarini ma'qullamoqda. Respondentlarning yarmi (50 foiz) prezident ishidan norozi bo‘lgan. Bundan tashqari, amerikaliklarning 4 foizi aniq bir javobni aytishga qiynalgan.

Aniqlik kiritilishicha, joriy yilning 11-17 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan tadqiqotda 1,5 ming kishi ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning G7 sammitidagi keskin bayonotlari haqida yangi tafsilotlar paydo bo‘lgandi.

Top