13:57 / 21.06.2018
15449

Avvallari faqat orzu qilinishi mumkin bo‘lgan g‘aroyib texnik yangiliklar

Bir necha yil avval smartfon, 8 gigabaytlik xotira kartasi va giroskuter eng zo‘r texnik yangilik sanalardi. Hozirda hayotni osonlashtiradigan ko‘plab qurilmalar paydo bo‘lyapti. Biz allaqachon mavjud, biroq bir necha yildan keyin ularsiz qanday yashaganimizni unutib yuborishimiz ehtimoli katta bo‘lgan texnologiya va qurilmalarni izlab topdik.

Hayotni haqiqatan ham osonlashtiradigan texnik yangiliklar haqida so‘z boradi. Agar to‘plamda o‘zingiz uchun qiziq narsa topsangiz, bundan xursand bo‘lamiz.

1. Kompyuterni boshqarish uchun bilakuzuk

Foto: © GadgetFlow / twitter   © vicara_hq / twitter

Kai — imo-ishoralarni nazorat qiladigan dunyodagi birinchi  universal qurilma. U yordamida kattalashtirish, kitobni varaqlash, aylantirish, ekrandagi obektlarni kichkinalashtirish, dasturni yopish mumkin. Bu yagona qurilmadagi sichqoncha, klaviatura va joystikdir.

Bilakuzuk dizayner, dasturlovchilar va o‘yin ishqibozlari uchun kompyuterda ishlashni osonlashtiradi. Mac, Windows yoki Linux’dagi istalgan qurilmaga Bluetooth orqali ulanadi. U bilan dronlarni boshqarish mumkin. Bu qurilma yana nimalar qila olishini mana bu yerda bilib olasiz.

2. Intererdagi buyumlarni  «sinab ko‘rish»

Foto: © gizmogrin / instagram

IKEA Place ilovasida intererdagi istalgan buyumni kerakli joyga qo‘yib ko‘rish mumkin: stul, divan, dekorativ ko‘za, shkaf, oshxona kombayni va boshqa ko‘plab buyumlar. Yuqoridagi suratda dasturdagi 3D-g‘aladon  va xariddan so‘ng foydalanuvchiga olib kelingan haqiqiy g‘aladon ko‘rsatilgan. Ilova sotuvchilarni qaytarib berishlardan, xaridorlarni – xafsalani pir qiladigan tovarlardan xalos etadi.

Amazon kompaniyasi ham aynan shunday onlayn-sinovni taklif etadi. Bu servis unda quyidagicha ishlaydi:

Bundan tashqari, Amazon ilovasida nafaqat bo‘lajak xaridni uyga «qo‘yib ko‘rish», balki suratdagi istalgan tovarni topish ham mumkin.

3. Ko‘chma oziq-ovqat do‘koni

Foto: © zack_trak / instagram   © zack_trak / instagram

Robomart — yangi mahsulotlarni yetkazib berish uchun haydovchisiz elektrokar. Dastur loyihachilarining aytishicha, ular dunyodagi eng qulay oziq-ovqat do‘konini qurishmoqda. Yetkazib berish bepul, unga smartfondagi ilova orqali buyurtma berish mumkin.

Hozir bu sinov loyihasi, biroq  dunyodagi 50 ta kompaniya Robomart uchun buyurtma berishgan. Bunday  yetkazib beruvchilarning paydo bo‘lishi Uber taksi sohasini o‘zgartirgani kabi yetkazib berish sohasini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

4. HD-kamerali quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklar

Foto: © mariisunshineI / instagram

Spectacles V2 HD-sifatli foto va videolarni suratga oladi. Ko‘zoynak g‘ilofidan quvvat oladi va 3 mingga yaqin suratni saqlaydi, smartfon bilan sinxronlashadi. Mazkur ko‘zoynaklar egalarining surat va videolarini Instagram orqali ko‘rish mumkin.

Ko‘zoynak attraksion, sayr, hovuz va bayram kechalarida foto va videolarni xavfsiz suratga olish imkonini beradi. Ular dam olishda a'lo darajadagi yordamchiga aylanadi: telefon va kamerani olish shartmas, ularni tushirib yuborish va ho‘l bo‘lishidan qo‘rqmaysiz, qo‘lingiz ham band bo‘lmaydi. Turgan-bitgani huzur.

5. Yordamchi-kolonka

Foto: © trosystems / instagram

Bir vaqtning o‘zida bir necha kompaniya anna shunday kolonkalarni ishlab chiqardi— AmazonEchoShow, GoogleHome, AppleHomePod, MicrosoftInvoke. Bugun aqlli ovozli yordamchi juda zarur buyum sanalmaydi. Biroq 10 yildan keyin hayotimizning ajralmas qismiga aylanadi, xuddi smartfon kabi.

Kolonkadan ob-havoni bilish, undan musiqa qo‘yish, yorug‘likni o‘chirish, uydagi haroratni nazorat qilish, sizni uyg‘otish va belgilangan ishlarni yodga olishni so‘rash mumkin.Unga xabarni yozish uchun aytib turish, pitssaga buyurtma berish va oyingizga qo‘ng‘iroq qilishni so‘rasangiz ham bo‘ladi. Yoki uyg‘otgichni bekor qilish, arzimagan ish, biroq yoqimli.

 

6. AirBar har qanday noutbuk ekranini sensorli qiladi

Foto: © AirBar / youtube   © AirBar / youtube

AirBar har qanday noutbukka USB orqali ulanib, uning ekranini sensorli qilib qo‘yadi. Bu noutbuk oldida ko‘p vaqtini o‘tkazadigan va yangisini sotib olmay, uning ishini oson va tez qilmoqchi bo‘lganlar uchun qiziqarli yechim. Displey hajmiga qarab plankani tanlash kerak. U manna bunday ishlaydi:

7. Modulli akustik tizim

Foto: © depositphotos   © hifiasentaja / instagram

BeoSoundShape — istalgan vazifa: mehmonxonada film tomosha qilish, qahvaxona yoki restorandagi musiqali jo‘rovoz uchun yig‘ish mumkin bo‘lgan modulli  akustik tizim.Kolonkalar istalgan xonada akustikani yaxshilaydi, ovoz sifati konsertdagi jonli ovozga mos qilib sozlangan. Musiqani telefon, planshet  yoki Bluetooth orqali boshqa qurilmalarda ham qo‘yish mumkin.

8. Smartfon uchun eng arzon virtual reallik ko‘zoynaklari

Foto: © acharlotteaj / instagram   © aryzon.official / instagram

Aryzon — smartfonda uch o‘lchamli tasvirlarni ko‘rishga yordam beradigan ko‘zoynaklar. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga qaraganda, qo‘shimcha reallikning eng ixcham va hammabop qurilmasi 29,99 €turadi. Aryzon orqali 3D modellarni tasavvur qilish, o‘yinlar o‘ynash mumkin. U linza va ko‘zgu yordamida shunday loyihalashtirilganki, foydalanuvchi qo‘shimcha narsa xarid qilishi shart emas. Qurilma yordamida tasvirlar manna bunday ko‘rinadi:

 

9. Istalgan buyum yuzasiga yopishadigan g‘ilof

Foto: © happyhealthyhumble / instagram © megatiny / instagram © megatiny / instagram

Anti-GravityCase — istalgan yuzaga yopishadigan smartfon uchun g‘ilof: ko‘zgu, eshik, deraza, stol, shkaf va mashina. Mustahkam, telefonni zarbalardan himoya qiladi, turli haroratlarga chidamli, oson yuviladi.

Bu yopishqoq g‘ilof turli vazifalarni bajarishga yordam beradi: qo‘llar band bo‘lganida qo‘ng‘iroq qilish, ovqat tayyorlash yoki vanna qabul qilish vaqtida sevimli videoni tomosha qilish, jamoat hojatxonasida telefonni istalgan joyga qo‘ymaslik. Bu buyum qanday ishlashini mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Qanday texnika hayotingizni osonlashtirgan bo‘lardi deb o‘ylaysiz? Balki siz orzu qilgan gadjyet bordir? Izohlarda bu boradagi fikrlaringizni biz bilan bo‘lishing.

Top