11:10 / 25.06.2018
13743

Dunyodagi eng yaxshi zarba beruvchi qiruvchi ma'lum qilindi

Foto: MO RF

Military Watch jurnali Rossiyada ishlab chiqarilgan Su-34’ni dunyodagi eng yaxshi zarba beruvchi qiruvchi, deb atadi.

Ekspertlar fikricha, Su-34’ga Xitoyning J-16 va Amerikaning F-15’i raqobat tug‘dira oladi.

Ta'kidlanishicha, Suriyada joylashtirilgan Su-34 butun Yaqin Sharq hududi bo‘ylab obektlarni nishonga olishi mumkin.

Shu bilan birga, ekspertlar so‘ziga ko‘ra, Su-34 imkoniyatlari uning qiruvchilar hamrohligidan bo‘lgan qaramligini pasaytiradi. Xususan, bu qiruvchi uchirish masofasi 130 kilometrga qadar oshirilgan R-27 «havo-havo» raketalarining so‘nggi modifikatsiyasi bilan jihozlangani hisobidan yuz beradi.

Top