17:50 / 28.06.2018
12845

Yelizaveta II o‘zini yomon his qilmoqda

Foto: Frank Augstein/AP

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II «sog‘ligi yomonlashgani» tufayli avliyo Pavel soboridagi marosimga bora olmagan. Bu haqda Reuters agentligi Bukingem saroyiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Saroy rasmiy bayonotida aytilishicha, hazrati oliyalari o‘rniga avliyo Mixail va avliyo Georgiy ordenlarining 200 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda gersog Kentskiy qatnashgan.

«Qirolicha o‘zini yaxshi his qilmayapti va u avliyo Pavel soborida avliyo Mixail va avliyo Georgiy ordenlarining 200 yillik yubileyi munosabati bilan tashkillashtirilgan marosimda ishtirok etmaslikka qaror qildi», — deyilgan bayonotda.

Aprel oyida 92 yoshga chiqqan qirolicha Yelizaveta II ayni vaqtda dunyoning eng keksa monarxi hisoblanadi. Uning boshqaruv davri Buyuk Britaniya tarixida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top