11:46 / 28.06.2018
16508

Rossiya Ukrainani qachon hurmat qila boshlashi aytildi

Foto: vidrodzhennya.org.ua

Ukraina Oliy radasi deputati Viktor Bondarning ma'lum qilishicha, mamlakat «iqtisodiy jihatdan uyg‘onishi» kerak. Shunda Moskva Kiyev manfaatlari bilan hisoblashishni boshlaydi. Bu haqda u «112 Ukraina» telekanali efirida aytib o‘tdi.

Siyosatchi so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Rossiyaga nisbatan bayonotlari endi dolzarb emas, Rossiya va xorijiy sheriklar bilan muloqot «ohangini» o‘zgartirish kerak. Uning ta'kidlashicha, agarda Ukraina «badavlat va mustahkam» bo‘lsa, u bilan hisoblashishni boshlaydilar.

«Bizga butun dunyo qarab turibdi - ular o‘z iqtisodiyoti bilan shug‘ullanmoqda. Agar biz uch-to‘rt yil ichida Ukraina iqtisodiyotida radikal o‘zgarishlarini qilsak, agarda Rossiya bu yerda yaxshi bo‘layotganini: infratuzilma, zavodlar paydo bo‘lganini ko‘rmasa, mana shu Rossiyaga javob bo‘ladi. Ukraina haqiqatdan ham to‘g‘ri yo‘ldan keta boshlagani oydinlashadi», - dedi Bondar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgandi

Top