19:30 / 29.06.2018
14544

Prezident Olmazor tumanini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

29 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, mahalliy byudjyetlar mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida Olmazor tumanida 5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ qolgani, bu hududdagi muammolarni hal etish, yangi loyihalarni amalga oshirishga asos bo‘lishi ta'kidlangan.

«Lekin tuman ko‘pgina ko‘rsatkichlar bo‘yicha rivojlanishdan orqada qolayotgani tanqid qilindi. Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahridagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2 barobar, xizmat ko‘rsatish ko‘lami 3 barobar kam ekani ko‘rsatib o‘tildi», deyilgan xabarda.

Mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish, ishlamayotgan zavodlarni tiklash, yangi korxonalar tashkil etish, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hisobidan odamlarga daromad manbai yaratish zarurligi qayd etilgan, tumanda 15 mingta ish o‘rni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Top