12:33 / 29.06.2018
11951

Tramp Putin bilan uchrashuvdan nima kutayotgani aytildi

Foto: The Hill

Oq uy vakili Lindsi Uoltersning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv ikki davlat munosabatlaridagi keskinlikni kamaytirishidan umid qilmoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning fikricha, Putin bilan o‘tkaziladigan uchrashuv konstruktiv o‘zaro harakatlarga olib keladi.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Tramp Putin bilan AQSh milliy xavfsizligi manfaatlari tufayli ham uchrashmoqchi.

Putin va Tramp 16 iyul kuni Xelsinkida uchrashishi xabar berilgandi. Shu bilan birga, bu har ikki davlat yetakchisining sammitlar bilan aloqador bo‘lmaydigan birinchi to‘laqonli shakldagi uchrashuviga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putin bilan uchrashuvni orziqib kutayotgani xabar berilgandi.

Top