11:30 / 01.07.2018
84465

70 yashar o‘zbek Afrika «tomi»ni zabt etdi

O‘zbekistonlik Toirjon Alimov va Davron Nurbayev 6-14 iyun kunlari Tanzaniyaning shimoli-sharqida joylashgan Kilimanjaro tog‘lariga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ayni paytda 70 yoshni qarshilagan Toirjon aka Kaliningrad davlat texnika universitetida tahsil olgan. 20 yil baliqchilik xo‘jaligida samarali mehnat qilgan. Talabalik kezlaridagi orzusi 50 yil o‘tib uni Afrika tomon yetakladi.

«Ernest Hemingueyning «Kilimanjaro qorlari» degan asarini o‘qiganimda ilk bor xayolimga kelgandi: Afrikada qorli tog‘lar bor ekan, borib ko‘rib kelish kerak. Lekin tog‘ga chiqishga 3 yilcha oldin qat'iy qaror qildim va tayyorgarlikni boshladim», - deydi Toirjon aka suhbat davomida.

U balandligi qariyb 6 ming metr bo‘lgan Kilimanjaro cho‘qqisini zabt etish uchun nafaqat jismonan, balki ruhan tayyor bo‘lish muhim omil ekanini ta'kidlab o‘tdi.

8 kun davom etgan cho‘qqiga ko‘tarilish ekskursiyasi maxsus kiyim-bosh va asbob-uskunalar yordamida amalga oshirilgan.

«Kuchli xohish va harakat bilan har qanday maqsadni amalga oshirsa bo‘lar ekan. Bu natija bilan cheklanib qolmoqchi emasman, keyingi manzil Tibetdagi Kaylas tog‘lari», deya bu cho‘qqi bilan kifoyalanmasligini aytib o‘tdi suhbatdosh.

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish

Eldor Vohidov

Mavzuga oid
Top