11:29 / 03.07.2018
18985

Time jurnali 2018 yilning internetdagi eng nufuzli kishilarini e'lon qildi

Time jurnali talqini bo‘yicha 2018 yilning internet olamidagi eng nufuzli kishilar Top-25ligi e'lon qilindi. Ular internet eng katta ta'sirga ega va nyusmeyker bo‘lgan faol foydalanuvchilar orasidan tanlab olingan. Eng nufuzli kishilar orasida shou-biznesning taniqli vakillari, mashhur blogerlar, siyosatchilar va hatto butun bir harakat ham bor. Ro‘yxatga ijobiy va salbiy qarashlar hamda yondashuvlarga sabab bo‘lganlar ham birdek kiritilgan. 

Shunday qilib, bu yilgi reytingga qo‘shiqchi Rianna, model va yosh ona Kayli Jyenner, 17 yoshida mashhur bo‘lib ketgan qo‘shiqchi Baby Ariel (Ariel Martin), qurollar aylanmasi nazoratini kuchaytirishni talab qilayotgan parklendlik faol talabalar va hatto AQSh prezidenti Donald Tramp ham bor. 

Ariel Martin/Foto: Getty Images
Donald Tramp/Foto: Getty Images

Bundan tashqari, internetdagi eng nufuzlilar ro‘yxatiga reper Kane Uest, Koreyaning BTS pop-guruhi, Instagram-bloger Bizi Filipps, Filippinning #BabaeAko harakati a'zolari, 6 yoshli Youtube-bloger Rayan ham kiritilgan. Ma'lumki, Rayan Forbes jurnali tasnifi bo‘yicha YouTube portalining eng ko‘p haq to‘lanadigan sakkizinchi blogeri hisoblanadi. 

Kane Uest/Foto: Getty Images
BTS pop-guruhi/Foto: Getty Images
Bizi Filipps/Foto: Getty Images
Filippinning #BabaeAko harakati a'zolari/Foto: Getty Images
6 yoshli Youtube-bloger Rayan/Foto: Getty Images

Ro‘yxatga, shuningdek, tarmoqqa "Yanny yoki Laurel?" audioyozuvini joylashtirgan talaba Roland Sabo, "nobag‘rikenglik"ni targ‘ib qiluvchi Sharlotta va Deyv Villner, og‘ir vaznli yaponiyalik model Naomi Vatanabe, YouTube yulduzlari Logan va Jyeyk Pol hamda boshqalar bor. 

Roland Sabo/Foto: Getty Images
Sharlotta va Deyv Villner/Foto: Getty Images
Naomi Vatanabe/Foto: Getty Images
Logan va Jyeyk Pol/Foto: Getty Images

 

Mavzuga oid
Top