23:06 / 09.07.2018
6389

Britaniya bosh vaziri ikki vazirning iste'fosiga izoh berdi

Foto: AP

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey tashqi ishlar vaziri Boris Jonson va Brexit masalalari bo‘yicha vazir Devid Devisning iste'fosiga Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar rejasi va Brexit’dan keyin London va Bryussel o‘rtasidagi munosabatlar qanday bo‘lishi mumkinligidan noroziliklari sabab bo‘lgan. Mey bu haqda parlamentdagi chiqishi vaqtida ma'lum qildi.    

9 iyulga o‘tar kechasi Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi muzokaralarning keyingi formatini belgilash bo‘yicha London va Bryussel o‘rtasidagi bosh muzokarachi bo‘lgan Devis iste'foga ketishini e'lon qilgan. Meyning parlamentdagi nutqidan biroz oldin qat'iy Brexit tarafdori bo‘lgan Jonsonning o‘z lavozimidan ketishi ma'lum bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top