23:51 / 12.07.2018
8811

Matras ishlab chiqaruvchi kompaniya mijozlarga mizg‘ib olish imkonini beruvchi do‘kon ochdi

Foto: Casper

Amerikaning matras va yotoq jihozlari ishlab chiqaruvchi Casper kompaniyasi Nyu-Yorkda xaridorlar mizg‘ib olishlari mumkin bo‘lgan The Dreamery do‘konini ochdi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Kontseptual do‘kon Manxettendagi Casper do‘konining ort qismida ochildi. Istagan kishi bu yerda maxsus ovoz o‘tkazmaydigan “qutilar” ichida joylashgan to‘qqizta yotoqdan bittasiga buyurtma berishi mumkin. Seans 45 daqiqa davom etadi va 25 dollar turadi, pijama, efir moyi va Headspace meditatsiya ilovasi ham shu narx ichiga kiradi.

The Dreamery do‘konining maqsadi jamiyatning kunduzgi uyqu va dam olishga bo‘lgan qarashini o‘zgartirish, uyquni xuddi sport kabi sog‘lom turmush tarzining bir qismiga aylantirishdan iborat, dedi Casper do‘konining hammuassisi va amaliyotchi direktori Nil Parikx. Yevropada tushlikdan keyingi uyqu allaqachon madaniyatning bir qismiga aylangan, deb qo‘shib qo‘ydi u.

Uning fikricha, bu matras ishlab chiqaruvchining shunchaki marketing yurishi emas. Kompaniya kollej yotoqxonalari, ofis binolari va aeroportlarda ham ana shunday maydonchalar tashkil etmoqchi.

Foto: Casper
Foto: Casper
Foto: Casper
Mavzuga oid
Top