01:56 / 12.07.2018
162452

​«Super-kontrakt» asosida o‘qishga kirish uchun bu yil necha ball to‘plash kerak?

Foto: KUN.UZ

2018/19 o‘quv yilida qabul imtihonlarida 56,7 yoki undan yuqori ball to‘plagan, ammo qabul kvotasi bo‘yicha raqobatda yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar oshirilgan to‘lov-kontrakt summasini to‘lash orqali talabalikka tavsiya etilishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

«Shu yilgi imtihonlar, xabaringiz bor, 15 kun davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari savollar soni ham kamaytirilgan, ya'ni har bitta fan bloki bo‘yicha 30tadan savol taqdim etiladi. Endi, qabul imtihonlaridan yetarli ball to‘play olmay, oshirilgan to‘lov-kontrakti bo‘yicha o‘qishga kirishni istagan abituriyentlar uchun yangi mezon belgilandi. Ular 56,7 yoki undan ko‘p ball to‘plagan holda ham o‘qishga kira olmasa, yuqorida qayd etilgan imkoniyatdan foydalanadi», deydi vazir. 

Ma'lum qilinishicha, Davlat qabul komissiyasi a'zolari abituriyent hech qanday ball to‘play olmagan taqdirda ham talabalikka tavsiya etilishi haqida o‘ylanmoqda. Vazirning aytishicha, agar shunday tizim yo‘lga qo‘yilsa, oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori ancha yuqori bo‘lishi tayin. 

Quyidagi havola orqali vazir bilan intervyuni to‘liq ravishda tomosha qilishingiz mumkin.

Mover'da ko‘rish (Tas-ix)

Youtube'da ko‘rish

Top