00:21 / 13.07.2018
49029

Ravshan Ermatovning raqobatchisi jahon chempionati finaliga tayinlandi

Argentinalik hakam Nestor Pitana JCh-2018 finali bo‘lmish Fransiya - Xorvatiya o‘yiniga tayinlandi. 

Unga qanotlarda vatandoshlari Ernan Maydana va Xuan Belatti yordam berishadi. Zaxira hakami - Born Kuypers, zaxira assistenti - Ervin Zeynstra (har ikkalasi ham Gollandiya).

Bu bellashuv Pitana uchun JCh-2018dagi beshinchi, jahon chempionatlari tarixidagi 9-o‘yin bo‘ladi. Natijada, 43 yoshli referi bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyo rekordi sohibi, o‘zbekistonlik Ravshan Ermatovga yaqinlashib oladi. Hamyurtimiz hisobida 11ta o‘yin bor. 

Eslatib o‘tamiz, Fransiya va Xorvatiya o‘rtasidagi final o‘yini 15 iyul kuni o‘tkaziladi.

Top