21:19 / 14.07.2018
40135

“Agrobank” raisi vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: Xalqaro Press-klub

“Agrobank” AT banki boshqaruv raisi Saidkamol Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, 14 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xodjayev nomzodini tasdiqlagan. Saidkamol Xodjayev ertaga, 15 iyul kuni vazirlik jamoasiga rasman tanishtirilishi kutilmoqda. 

U o‘z vaqtida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Top