13:27 / 14.07.2018
10065

Mauritsio Sarri «Chelsi» bosh murabbiyi bo‘ldi

Foto: Chelsea F.C

«Chelsi» klubi Mauritsio Sarri yangi bosh murabbiy bo‘lganini e'lon qildi.

Italiyalik mutaxassis uch yillik shartnomani imzoladi. Uning maoshi yiliga 6 million yevro qilib belgilandi.

59 yoshli mutaxassisga «ko‘klar»ning sobiq hujumchisi Janfranko Dzola yordamlashadigan bo‘ldi.

Mauritsio Sarri murabbiylik faoliyatini 1990 yili boshlagan. 2015 yili «Napoli»ga tayinlangan va jamoa bilan A Seriyada 2 marta 2-o‘rinni, 1 marta 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2015/16 mavsumi yakuniga ko‘ra, Italiyaning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Top