17:20 / 18.07.2018
66131

Deputat Bo‘z tumani IIBda ro‘y bergan vaziyat bo‘yicha vazirlikdan izoh talab qildi

Foto: Repost.uz/Facebook/@ZaynitdinovN

Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov Bo‘z tumanida ichki ishlar xodimining kechasi ko‘chada yurgan o‘smirga qo‘l ko‘targani bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi. U Facebook`dagi shaxsiy sahifasida, jumladan, shunday deb yozgan:

«Andijon viloyatining Oltinko‘l va Bo‘z tumanlarida ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ana shunday himoya qilyaptimi?

«Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun qiynoqlarga solish, zo‘ravonlik qilish, boshqa shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada bo‘lishni taqiqlaydi.

Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ichki ishlar organlari fuqaroning sha'ni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli bo‘lgan ma'lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.

Kecha Oltinko‘l tuman IIB xodimining fuqaroga qo‘l ko‘targani aks etgan video chiqqandi. Bugun esa Bo‘z tumanida kechasi ko‘chada yurgan o‘smirga nisbatan kuch ishlatildi.

Tegishli vazirlikdan kimdir o‘zi nimalar bo‘layotganini tushuntirib berar balki?»

Tuman kengashi deputati o‘z postida «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun talablarini ham eslatib o‘tgan.

Mavzuga oid: Andijon viloyatida IIB xodimi tunda ko‘chada yurgan o‘smirni haqorat qilib, unga qo‘l ko‘tardi (video)

Top