10:02 / 21.07.2018
13437

«Bu - diplomatiya». Tramp Putin bilan nega «yumshoq» munosabatda bo‘lganini tushuntirdi

Foto: Leonhard Foeger/Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida OAVning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga juda yumshoq yondashuvga ega bo‘lgani borasidagi tanqidiga javob qaytardi.

«Feyk OAVning fikricha, men Putin bilan juda yumshoq tarzda gaplashganman», - deya yozgan Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avval bunday yondashuv diplomatiya, deb atalgan bo‘lardi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, agarda u Putin bilan o‘zini ancha «qattiq» tutganida, OAV aks iddaolar bilan chiqishi aniq edi.

Trampning ta'kidlashicha, bunday «feyk OAV» ikkiyuzlamachilik bilan shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikaliklarning aksariyatiga Trampning Xelsinkidagi xatti-harakati yoqmagani xabar berilgandi.

Top