13:10 / 21.07.2018
3780

Meksikaning saylangan prezidenti Tinch okeani alyansi sammitida qatnashishdan bosh tortdi

Foto: Goran Tomasevic/Reuters

Meksika prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan Andres Manuel Lopes Obrador Tinch okeani alyansi sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda Excelsior xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sammitda o‘zining Meksikaning saylangan prezidenti maqomini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqqani tufayli ishtirok etmaydi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu hujjatsiz Tinch okeani alyansi sammitida ishtirok etish huquqiga ega emasdir.

Mavzuga oid
Top